"Barselona" Xaverc transferiga qiziqib qolgan

Omonjon To`xtamirzayev
2 okt 2023
"Barselona" "Arsenal" va Germaniya termasi futbolchisi Kay Xaverc xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Ko'k-anorranglilar" nemis futbolchisi jamoa hujumini kuchaytira olishiga ishonmoqda. Kataloniyaliklar ustozi Xavi 24 yoshli xavbek jamoaga osongina kirishib kyetishiga ishonmoqda.

Ammo "Barselona"ning moliyaviy vaziyati transferga to'siq bo'lishi mumkin. Eslatib o'tamiz, "Arsenal" Xaverc uchun 75 million evro to'lagan va undan kamiga sotish niyatida emas.

Bu mavsum 10 ta o'yinda maydonga tushgan Kay 1 ta gol urdi va 4 ta sariq kartochka ishlab oldi. Uning "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan. "Transfermarkt" portali Xaverc transferini 55 million evroga baholamoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: todofichajes.com