Kay Xaverc mavsum so'ngiga qadar safdan chiqdi

Alisher
12 fev 2025
"Arsenal" hujumchisi Kay Xaverc jarohati sabab mavsum so'ngiga qadar safdan chiqdi.

25 yoshli nemis mashg'ulotlarda jarohat oldi. U bilan hozircha jarrohlik amaliyoti o'tkazilishi yoki o'tkazilmasligi ma'lum emas, ammo uning kelasi mavsumdagina qayta olishi kutilmoqda.

Xaverc joriy mavsum londonliklar safida barcha musobaqalarda 34ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: The Athletic