Xaverc "Arsenal" bilan kelishuvga erishdi

Оқил Абдубарноев
18 iyun 2023
"Chelsi" hujumchisi Kay Xaverc “Arsenal” bilan kelishuvga erishdi.

Taniqli insayder Fabricio Romanoning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berishicha, 24 yoshli germaniyalik futbolchi allaqachon “kanonirlar” bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan. 

Klub tez orada "Chelsi"ga yangi transfer taklifi bilan chiqadi. Shartnoma FIFA kunlaridan so'ng imzolanishi mumkin.

Kay Xaverc transfermarkt ekspertlari tomonidan 60 million evroga baholangan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano