Murod Ismoilov: "Turkiya yig'inidan ko'nglimiz to'lyapti"

Aslanov Jasurbek
12 fev 2017, 14:00
Oliy liga-2017ga xozirlik ko'rayotgan "Neftchi" jamoasi tayyorgarlikni xorijda davom ettirmoqda.

Antaliya shahridagi yig'in borasida jamoa katta murabbiyi Murod Ismoilov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

- Bir qator foydali bo'lgan o'rtoqlik bahslarini o'tkazyapmiz. Safimizga 3 nafar xorijlik futbolchi kelib qo'shilganidan xabaringiz bor. Umid qilamizki, ularning "Neftchi" jamoasiga foydasi tegadi.  Legioner futbolchilarimiz borasida fikr bildiradigan bo'lsam,  Terentiy Lucevich ancha jamoaga kirishib ketdi. Boshqa legionerlar haqida to'liq bu fikrni bildirish qiyin. Fikrimcha, tez orada Sergey Koncevoy hamda Dmitriy Komarovskiylar ham jamoaga qo'shilib ketadi. Xozircha Lucevich ancha jamoa bilan yaxshi chiqishyapti. Murabbiylar shtabining Turkiyadagi yig'indan  ko'ngli to'lyapti, - dedi jamoa katta murabbiyi Murod Muzaffarovich.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcneftchi.uz