

"Biz zich himoyalangan va to'pni olib qo'yganda pas orqali o'ynamagan jamoaga qarshi bahs olib bordik. Ularning maqsadi to'pni saqlab turish emas, balki hujumchilarga uzun uzatmalar berish va qarshi hujumlar tashkil etish edi, bizga esa raqib jarima maydonidagi faollik yetishmadi. To'pni uzatdik, biroq bo'shliqlarni nazorat qilmadik va bu erga kelgan boshqa jamoalardan farqli o'ynagan raqibga qarshi bahsda Espi bizga yordam bera oladi deb o'yladim, bu umuman tanqid emas.
Biz to'pga egalik qildik, pas berdik, lekin jarima maydoniga kirib borolmadik. Maydonda to'pga egalik qilishni yoqtiradigan, bir-biriga o'xshash futbolchilar - Bernardu Silva va Arda Gyuler bo'lgan paytda jamoa bo'sh hududni topa olmadi va unga jarima maydonidagi bosim yetishmadi. Men Espini tushirdim. O'shanda menda faqat ikkita variant bor edi: yo Ardani olish, yoki Vinisiusni almashtirish. Bir qanotda Diomande va ikkinchi qanotda Vinisius hujumimizga kenglik beradi deb o'yladim, Arda va Bernardu esa amalda bir xil ishni bajarayotgan edi.
Kike Flores o'z rejasini amalga oshirdi, bu biz uchun kutilmagan holat bo'lmadi. Kecha shunday himoyaviy futbol o'ynaydigan jamoaga qarshi bahsga tayyorgarlik ko'rish uchun mashg'ulot o'tkazdik. Ular o'yin suratini tushirishdi, sof o'yin vaqtini qisqartirishdi va shu orqali vazifamizni qiyinlashtirishdi. Kikeni tanlagan taktikasi bilan tabriklayman. Unga qo'ya oladigan yagona etirozim - to'plarni maydonga uloqtirish bilan bog'liq xunuk harakat. Futbolda bunday ishni hech kim qilmaydi", - deya Mourinyuning so'zlarini keltiradi Marca.
La Ligada o'tkazilgan 14 ta o'yin yakuniga ko'ra Madridning "Real" klubi hisobida 33 ochko mavjud va jamoa turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. "Alaves" esa 19 ochko bilan sakkizinchi pog'onada joylashgan.



