

Uchrashuvning 86-daqiqasida madridliklar yarim himoyachisi Jud Bellingem Nikolas Valentini bilan kurashda raqib jarima maydonchasida yiqildi. Uchrashuv bosh hakami Sesar Soto Grado 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi, biroq videoassistentlar tavsiyasiga ko'ra, vaziyat takrorini monitor orqali tomosha qildi va o'z qarorini bekor qildi. Hakam simulyaciya uchun Bellingemga sariq kartochka ko'rsatdi. Bu angliyalik futbolchi uchun mazkur uchrashuvdagi ikkinchi ogohlantirish bo'ldi.
"Penalti yo'q edi, angliyalik futbolchiga ikkinchi sariq kartochka to'g'ri ko'rsatildi. U oyog'ini orqaga tortdi va kontakt bo'lmadi.
VAR hakami to'g'ri qaror qabul qildi", – dedi Fuertes.



