Mourinyo: "Yuventus" YCHLni yutishi ham yoki "Atletiko"ga mag'lub bo'lishi ham mumkin"

Mirjalol Normatov
20 fev 2019, 23:30
Joze Mourinyo "Yuventus" va "Atletiko" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan oldingi fikrlarini bildirdi.

"Yuventus" YCHLni yutishi ham yoki "Atletiko"ga mag'lub bo'lib, turnirni tark etishi ham mumkin. Turin jamoasi tarkibida g'alabalarga, sovrinlarga chanqoq bo'lgan Krishtianu Ronaldu kabi futbolchilar bor. Biroq "Atletiko"da ham yuqori ambiciyalar bor.

"Atletiko" finalni o'z stadionida o'tkazish uchun katta imkoniyatga ega bo'ldi. Diego Simeone ajoyib jamoa shakllantirgan, kollektiv juda ham yaxshi. Jamoa tarkibida iqtidorli huumchilar ko'p. Ammo bugungi o'yindan oldin ikki jamoaning imkoniyatlari teng, deb ayta olaman", - dedi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com