

Qishki transferlar oynasi uchun klubdagilar katta mablag' ajratishgandi. Biroq Joze Mourinyo qishda hech qancha pul sarflamadi. Shu tufayli rahbariyatdagilar "Old Trafford" sig'imini 75000dan 88000gacha ko'paytirmoqchi. Qo'shimcha tribuna "Stretford End" tribunasi ustida bo'lishi kutilmoqda.
Hozircha ta'mirlash ishlari qachon boshlanishi noma'lum.




