Moskva metrosidagi yo'l ko'rsatuvchi yozuvlar FIFA talabi bilan ingliz tiliga o'giriladi

Aslanov Jasurbek
21 mar 2016, 18:14
Moskva metrosidagi barcha yo'l ko'rsatuvchi yozuvlar konfederatsiyalar Kubogi va jahon chempionati o'tkazilishi munosabati bilan ingliz tiliga o'giriladi.

Bu haqda Moskva meri o'rinbosari, transport departamenti rahbari Maksim Liksutov ma'lum qildi.

"2017 yilda Moskva metrosidagi barcha yo'l ko'rsatuvchi yozuvlar yangilanadi. FIFA talabiga ko'ra ular ingliz tilida bo'ladi. Shu bilan birga, vagondagi bekat nomini e'lon qiluvchi ovozlar ham tarjima qilinadi. Qo'shimcha poytaxt transporti kuniga 500 ming kishiga xizmat qiladi" - deydi Liksutov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com