Minole: "Vilyarreal"ga qarshi bahs "Liverpul" uchun taktik qiyin bo'ldi"

Aslanov Jasurbek
29 apr 2016, 10:59
"Liverpul" posboni Simon Minole "Vilyarreal"ga qarshi Yevropa ligasi yarim final bahsidan so'ng (0:1) uchrashuv haqida fikr bildirdi.

"Yaxshi o'yin o'tkazdik. "Vilyarreal" - kuchli jamoa ekanligini hamma biladi, ammo "Liverpul"da ham gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi. Natijadan mamnun emasman, lekin javob uchrashuvida g'alaba qozonish imkoniyatimiz bor. Bugungi bahs biz uchun taktik jihatdan juda qiyin bo'ldi. "Vilyarreal"ni taslim etish og'ir bo'ladi, ammo "Enfild"da muxlislarimiz yordamida buni uddalay olamiz" - deydi Minole.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC Sport