Milner "Brayton"ga o'tishi mumkin, Klopp esa futbolchini klubda qoldirmoqchi

Sherzod Nurmatov
29 apr 2023, 12:59
Yarim himoyachi Jeyms Milner yozda "Liverpul"ni tark etish ehtimoli bor.

Manbaga ko'ra, "Brayton" "Liverpul" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadigan 37 yoshli futbolchini tekinga qo'lga kiritmoqchi. "Qizillar" bosh murabbiyi Yurgen Klopp futbolchini o'zida saqlab qolmoqchi, ammo "Liverpul" hali Jeymsga yangi bitim taklif qilganicha yo'q.

Milnerni sotib olish uchun yana bir da'vogar "Byornli" bo'lib, u kelasi mavsum APLda o'ynaydi. "Byornli" bosh murabbiyi Vensan Kompani "Manchester Siti"da Jeyms bilan birga harakat qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic