Mikael Sekeyra "Lokomotiv" bilan tanishdi

Xayrulla Xoliqov
11 yanv 2021, 18:06
"Lokomotiv" PFK yangi bosh murabbiyi Mikael Sekeyra yig'in oldidan jamoa a'zolari bilan uchrashdi.

Portugaliyalik mutaxassis dastlab futbolchilar istiqomat qiladigan qarorgohdagi sharoitlarni o'rgandi. Shundan so'ng asosiy jamoa uy uchrashuvlarini o'tkazadigan "Lokomotiv" stadioniga tashrif buyurib, murabbiylar shtabi va futbolchilar bilan uchrashdi. 

Mikael Sekeyra jamoa vakillari bilan tanishib bo'lgach, shunday dedi: - "Men bu erga Portugaliyadan shunchaki vaqt o'tkazish uchun kelganim yo'q, balki kuchli jamoani shug'ullantirish uchun keldim. O'tgan bir oy ichida "Lokomotiv"ni o'rgandim, bir qancha o'yinlarini ko'rdim. Barchamiz bir bo'lib harakat qilsak, yana yuqori marralarni zabt eta olamiz. Buning uchun men sizga yordam beraman, siz esa menga".

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: lokomotiv.uz