Messi o'yin oldidan birinchi marta Argentina madhiyasini kuyladi

Alisher
29 iyun 2019, 14:20
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Kopa Amerika doirasidagi Venesuela (2:0)ga qarshi bahs oldidan davlat madhiyasini kuyladi.

"Barselona" hujumchisi milliy terma jamoada birinchi bor bu ishni qildi.

Leo 2015 yilda madhiyani o'yindan oldin hech qachon kuylamagani va bu kelajakda ham kuylamasligini aytgan edi.

"Barcha harakatlar uchun tanqid qiladigan odamlarni yoqtirmayman. Men o'yin oldidan madhiyani aytmayman. Muhitni tushunish uchun madhiyani kuylashning hojati yo'q", - degan edi Messi to'rt yil oldin.

Eslatib o'tamiz, forvard 2005 yildan buyon Argentina terma jamoasida harakat qilib keladi.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/TV_Publica