Messi bugun "Barselona" safidagi 600-uchrashuvini o'tkazishi mumkin

Aslanov Jasurbek
4 noya 2017, 11:42
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi bugun Kataloniya klubi safidagi 600-o'yini maydonga tushishi mumkin.

Messi ko'k-anorranglilar formasida o'tkazgan 599ta uchrashuvida 523ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Ularning 361tasi LaLigada, 97tasi Chempionlar ligasida, 44tasi Ispaniya Kubogida, 13tasi mamlakat Superkubogida, 5tasi klublar o'rtasidagi jahon chempionatida va 3tasi Yevropa Superkubogi bahslarida urilgan.

"Barselona" safida eng ko'p o'yin o'tkazish borasida Lionel Messi uchinchi o'rinda. Ro'yxatning eng yuqori qismida 767ta o'yin bilan Xavi turibdi. Ikkinchi o'rinda Andres Inesta (642ta bahs).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia