"Men juda ham mast edim". "Siti" oshpazi ishga kelmadi va Gvardiolaga nonushta tayyorlamadi

Alisher
21 may 2019, 15:08
"Manchester Siti" oshpazi 13 may kuni ishga chiqolmadi va Gvardiolaga nonushta tayyorlab bermadi.

APLning so'nggi turida "Brayton" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng Gvardiola o'yinchilarga dam berdi va mashg'ulot bazasidagi xodimlar kimningdir kelishini kutishmadi. Ammo Gvardiola klub direktorlari Chiki Begiristayn va Manuel Estiarte bilan haftalik uchrashuv uchun bu erga tashrif buyurdi.

Bu yerdagi navbatchi esa shoshilinch tarzda jamoa shef-povarini chaqirdi, ammo u chempionlikni juda ham qattiq nishonlagan edi. "Men juda ham mast edim", - deydi oshpaz.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail