Mbappe: "Shunchaki muhim futbolchi emas, afsonaviy futbolchi sifatida faoliyatimni yakunlashni istayman"

Mirjalol Normatov
25 may 2022, 00:40
Hujumchi Kilian Mbappe "Real"ga o'tmagani sababini aytdi.

"Men faqatgina PSJni tanlamadim, men Fransiyani tanladim. "Real"ga "yo'q" deganim yo'q. Men PSJ va Fransiyaga "ha" dedim. Bu muhim faktor. O'z davlatimda yashashni istadim. Men buning muhimligini yanada chuqurroq tushuna boshladim. Atrofimdagilar menga Fransiyada yaxshiroq bo'lishini tushuntirishdi. Qachonki buyuk futbolchi bo'lishni istayman, deganimda, albatta, nafaqat maydonda, balki uning tashqarisidagi hayotimni ham nazarda tutgan bo'laman.

PSJdagi tarixim tugagani yo'q. Futboldan shunchaki muhim futbolchi sifatida emas, balki, afsonaviy sifatida ketishni istayman. Sen doimo tarixni o'zgartirishing kerak, keyinchalik aytib berishing emas. Bu yangi shartnoma orqali PSJning tarixiga kiraman", - dedi Mbappe.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia