Mbappe kelasi haftaning o'rtalarida "Real" bilan shartnoma imzolaydi

Alisher
12 mar 2022, 12:57
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe keyingi haftaning o'rtalarida "Real" bilan shartnoma imzolaydi.

23 yoshli francuzning Madrid klubiga o'tishi mavsum so'nggida rasman e'lon qilinadi.

Qayd etish kerakki, hujumchi "Real"dan 60-80 million evro miqdoridagi bonusni oladi. Mbappening maoshi esa yiliga 25 million evroni tashkil etadi.

Mbappe joriy mavsum PSJ tarkibida 35ta o'yinda maydonga tushib, 25ta gol va 14ta assist qayd etdi. Hujumchining Parij klubi bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca