

PSJ klubi hujumchisi Kilian Mbappe jarohati sabab, Fransiya termasi yig'inini tark etdi. O'yinchi Bosniya va Gercegoviniyaga qarshi o'yinda o'ng oyog'idan jarohat olgandi.
L’Équipe nashrining ma'lum qilishicha, jarohat unchalik ham jiddiy emas. Ammo, terma jamoadagilar tavakkal qilishni istashmadi va futbolchiga javob berib yuborishdi.
Shunday qilib, Kilian Mbappe JCH-2022 saralash o'yinlari doirasida Ukrainaga qarshi o'yinda maydonga tusha olmaydi.



