Mbappe Chempionlar ligasi tarixiga kirdi + FOTO

Tolibjon Qosimov
19 okt 2017, 10:56
Kecha tunda Yevropa yashil maydonlarida Chempionlar ligasi 3-turiga yakun yasaldi.

"B" guruhi peshqadami PSJ Belgiyada "Anderlext" mehmoni bo'ldi va 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Ana shu uchrashuvda parijliklarning yosh hujumchisi Kilian Mbappe bitta gol urdi va bitta golli pas oshirdi. Shu tariqa, 18 yoshli Mbappe YCHLda o'z yoshida eng ko'p gol urgan futbolchiga aylandi - 8ta. Solishtirish uchun: Raul, Patrik Klyuyvert, Lionel Messi kabi yulduzlar YCHLda 8ta golni 20 yoshida urgan.



O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/Squawka