“Mashal”: O'smirlarimiz O'FF Kubogi musobaqasida bronza medali sovrindori bo'lishdi

Narzulla Saydullayev
18 dek 2017, 11:16
2001 yilda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Kubogi musobaqasi o'z yakuniga etdi.

3-4 o'rinlar uchun kechgan bahsda "Mashal" jamoasi "Nasaf" jamoasiga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi va musobaqa bronza medali qo'lga kiritdi.

Uchrashuvidan  so'ng g'oliblarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Marosimda O'zbekiston Futbol Federatsiyasining rahbarlari va mas'ul xodimlari yig'ilganlarga mukofotlarni topshirishdi.

Musobaqaning "Eng yaxshi darvozaboni" sifatida "Paxtakor" a'zosi Dilshod Yo'ldoshev topildi. "Bunyodkor" jamoasi futbolchisi Ibrohim Ibrohimov musobaqaning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. Turnir to'purari uchun ajratilgan sovrin "Neftchi" a'zosi Asliddin Toshtemirovga nasib etdi. "Fair play" sovrini esa "Mashal" jamoasiga topshirildi.

Futbolchilar:
G'offorov Jonibek To'lmas o'g'li
Shodiboev Islomjon Dilshod o'g'li
Turaev Nodir Begandik o'g'li
Safarov Siroj Shavkat o'g'li
Boboqulov Xakimbek Akrom o'g'li
Umarov Yoqubjon Baxtiyor o'g'li
Karimov Jafar Jaxongir o'g'li
Tursunov Zoirjon Qaxramon o'g'li
Fayziev Bekzod Toshpo'lat o'g'li
Asilbekov Islom Jumabek o'g'li
Tilopov Alisher Saidmurodovich
Turdiev Axror Azamat o'g'li
Maxmudov Xusniddin Madamin o'g'li
Isaqulov Jasur Nodirjon o'g'li
Abdujabborov Jaxongir Xasanovich
Raximov Asliddin  Saidullaevich

Murabbiylar:
To'raqulov Zoir Narzullaevich
Andaev Dilshod Boymurodovich


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz