Marselo Bekxemning jamoasiga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
16 mar 2021
"Real" himoyachisi Marselo faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin.

"Le10sport"ning yozishicha, braziliyalikni "Inter Mayami" egasi Devid Bekxem jamoasiga taklif etmoqda. Biroq tomonlar muzokaralarga kirishmagan.

Marseloning "Real" bilan shartnomasi kelasi yili yozda yakuniga etadi.

Ushbu mavsumda Marselo LaLiganing 8 o'yinida qatnashib, 2 golga assist bo'ldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Le10sport