Maradona Safarov: "Sherdor" oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo'yilgan"

Narzulla Saydullayev
4 fev 2019, 21:34
Farg'ona viloyati "Hokim kubogi - 2019" musobaqasi “B” guruhidan o'rin olgan "Lokomotiv U-21” - “Sherdor" (0:2) uchrashuvidan so'ng samarqandliklar futbolchisi Maradona Safarov saytimizga intervyu berdi.

Bugungi o'yin ancha kiziq va tomoshabop tarzda o'tdi. "Lokomotiv U-21” jamoasi ancha yaxshi o'yin ko'rsatdi. Albatta futbolda yozilmagan qonun bor: sen urmasang, senga  urishadi. Raqiblarimiz ancha imkoniyatni ko'kka sovurdi. Bizda kamrok imkoniyat bo'ldi, lekin shundan unumli foydalandik va yakunda g'alaba kozondik. "Hokim kubogi" musobaqasi futbolchilarni milliy chempionatlarimizga tayyorgarlik ko'rishlari hamda ishtirokchi jamoalarga o'zlarining o'yin uslublarini shakllantirishlariga yordam beradi.

"Sherdor" oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo'yilgan. Albatta,  bunga ishonish qiyin, lekin biz mana shu vazifani uddalamoqchimiz, sababi bizda ahil jamoa mavjud. Futbolda esa hamma narsa bo'lishi mumkin, nasib etsa “Sherdor"ni Superligaga olib chiqmoqchimiz.

Bekzod Tolibov yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia