Maradona Safarov: “Mashg'ulotlarda ko'proq jismoniy holatimizga e'tibor qaratyapmiz”

Narzulla Saydullayev
26 dek 2016, 19:15
Bugun Muborakning “Mashal” klubi “Bunyodkor” suniy maydonida Olmaliqning “Olmaliq” jamoasi bilan o'rtoqlik nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Ushbu uchrashuvda “Olmaliq” jamoasi raqiblarini (2:1) hisobida mag'lub etishdi. “Mashal” klubidan yagona golga Maradona Safarov mualliflik qildi. O'yindan so'ng Safarov tayyorgarlik to'g'risida fikr bildirdi.

“Bugun bu yilgi so'nggi o'yinimizni o'tkazdik. Bunda “Olmaliq” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdik. Hozircha hech nima ma'lum emas. Murabbiylarimiz oldimizga hech qanday vazifa qo'ymagan. “Olmaliq” klubi ham yaxshi shakillangan jamoa, asosan yosh futbolchilar maydonda harakat qilishadi. Kumikov ham tajribali mutaxassis hisoblanadi. Mashg'ulotlarda ko'proq jismoniy holatimizga e'tibor qaratyapmiz. Yangi yildan so'ng yanada kuchliroq mashg'ulot o'tkazamiz”, - deydi “Mashal” klubi futbolchisi Maradona Safarov

Jahongir Sotvoldiev


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia