Manchini Shveytsariyaga qarshi o'yindan so'ng nimalar dedi?

Aziz Tukhtamuradov
6 sen 2021, 08:53
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Shveytsariyaga qarshi bahsdan so'ng (0:0) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"To'p shunchaki darvozaga borishni istamagan holat yuzaga keldi. Biz g'alaba qozonish uchun ko'plab vaziyatlar yaratdik. 

Gap amalga oshirilmagan penaltida emas, boshqa vaziyatlarda. Biz barqaror, samarali va aniqroq bo'lishimiz kerak edi. Bolgariya bilan o'yinda ham shunday bo'lgandi. Shuncha vaziyatlar yarata turib, g'alaba qozona olmaslik mumkin emasdi. 

Ikkinchi bo'lim qiyinroq o'tdi, ammo har ikkala taymda ham bizda vaziyatlar bo'ldi. Demak, jamoa yaxshi o'ynadi", - dedi Manchini.

Eslatib o'tamiz, ochko yo'qotilganiga qaramay, Italiya terma jamoasi jahon rekordini o'rnatdi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA