"Manchester Yunayted" Ronalduning ketish istagini ertaroq aytganida Nunes uchun kurashgan bo'lardi

Mirjalol Normatov
3 iyul 2022, 12:12
"Manchester Yunayted"dagilar Krishtianu Ronalduning ketish istagidan xayratga tushgan.

"The Athletic" xabariga ko'ra, mankunianliklar portugaliyalikka shubxa qilmagan va shartnomasining so'nggigacha klubda qolishiga ishongan. U jamoaning rejalarida bo'lgan. Shu sababli "Yunayted" yaqinda "Liverpul"ga o'tgan Darvin Nunes uchun kurashmagan. Manchester klubi ham "Benfika" so'ragan 75+25 million evro to'lashga tayyor bo'lgandi.

Oldinroq tarqalgan xabarlarga ko'ra, hozirda Ronalduga "Roma", "Bavariya" va "Napoli" da'vogarlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic