"Manchester Yunayted" Myuller uchun rekord darajadagi pul taklif qilgani ma'lum bo'ldi

4 iyun 2016, 07:46
Myunxenning "Bavariya" klubi kengash raisi Karl-Xaync Rummenigge 2015 yilda "Manchester Yunayted" Tomas Myuller uchun juda katta miqdordagi pulni taklif etganini aytib o'tdi.


"Myuller bu bizning tarbiyalanuvchi. Tomas asli myunxenlik bo'lib, shu yerda tug'ilib o'sgan. Ko'z oldimizda haqiqiy qahramonga aylandi. O'tgan yili "Manchester Yunayted" Myuller uchun rekord darajadagi pul taklif etib, rasman murojaat qildi. Biz esa bu taklifni ko'rib ham chiqmadik. Agarda taklifga rozi bo'lganimizda, unda bu transfer jahon futbolidagi rekordni qayd etardi", - dedi Rummenigge.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com