Karl-Xaync Rummenigge: "Eski format zerikarli edi. Vaqt o'tib, muxlislar barchasini tushunishadi"

Omonjon To`xtamirzayev
17 okt 2024, 13:35
Karl-Xaync Rummenigge Chempionlar Ligasining yangi formatini qiziqarliroq deb hisoblaydi.

"Eski formatdagi guruh bosqichi ancha zerikarli edi. Chunki barchasi 4 turdan keyinoq hal bo'lardi. Endi esa yaxshi jamoalar ham kvalifikaciyadan o'tishga qiynaladi.

Qiyin vazifalar esa ko'proq hissiyotlar degani. Ishonchim komil, vaqt o'tib, muxlislar barchasi yaxshilikka bo'lganini tushunishadi", – dedi "Bavariya" kuzatuv kengashi vakili "kicker"ga.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Kicker