"Manchester Siti" Neymarga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
7 may 2019, 10:24
PSJ hujumchisi Neymar faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchini sotib olishga "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda. Ingliz grandi braziliyalik uchun 150 mln. evro va Benjamen Mendi yoki Gabriel Jezusni taklif qilmoqchi.

Neymar 2017 yilning yozida 222 mln. evro evaziga "Barselona"dan PSJga o'tgan edi. Shunday qilib, forvard dunyodagi eng qimmat futbolchiga aylangan.

Neymar joriy mavsum Liga 1ning 16ta uchrashuvida maydonga tushib, 14ta gol urdi va 7ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Don Balon