"Manchester Siti", MYU va PSJ "Leyptsig" xavbeki Nkunkuni xarid qilishga tayyor

Alisher
3 mar 2022, 13:20
Yevropaning bir necha top-klublari "Leyptsig" yarim himoyachisi Kristofer Nkunkuga qiziqmoqda.

Fransiyalik futbolchiga "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va PSJ qiziqmoqda.

Futbolchi yozda nemis klubidan kamida 60 mln evroga ketishi mumkin. O'yinchining klub bilan shartnomasida tovon puli yo'q.

Nkunku joriy mavsum "Leyptsig" tarkibida 36ta o'yinda maydonga tushib, 25ta gol va 10ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Deutschland