“Manchester Siti“ Husanovni Fransiya klubiga ijaraga berishni istamadi

Khoja
21 iyun 2025, 09:27
“Manchester Siti“ “Lion“ yarim himoyachisi Rayan Sherki transferidagi kelishuv bo'yicha bitta futbolchini tekinga ijaraga berishi lozim edi.

 “Lion“ rahbariyati Abduqodir Husanovni ijaraga olishni reja qilgan. Biroq “shaharliklar“ ushbu taklifga rad javobini berishgan. Bu haqda L’Equipe nashri xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, Husanov qishda “Lans“dan “Manchester Siti“ga ko'chib o'tgandi. Hozirda futbolchi jamoasi bilan klublar o'rtasidagi JCHda ishtirok etmoqda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: L’Equipe