"Manchester Siti" himoyachisi keyingi yil boshlarida safga qaytishi ma'lum bo'ldi

13 sen 2019, 19:15
"Manchester Siti" himoyachisi Emerik Laport 2019 yilda umuman maydonga tushmaydi, deya ma'lumot berdi klub bosh murabbiyi Pep Gvardiola.

"U 5-6 oyni o'tkazib yuboradi va kelasi yili yanvar-fevral oylarida safga qaytadi", – deydi Gvardiola.

Laport APLning 4-turidan joy olgan "Brayton"ga qarshi o'yinda (4:0) jarohat oldi va keyinchalik jarrohlik amaliyotini o'tkazishga majbur bo'lgandi.

Gvardiolaning so'zlariga ko'ra, 3 haftani maydon tashqarisida o'tkazgan Jon Stounz jarohatidan tiklanmoqda va u 14 sentyabr kuni "Norvich" bilan o'yinda maydonga tushishi mumkin. 

O'xshash yangiliklar


Manba: skysports.com