"Manchester Siti" hanuzgacha Aguero bilan muzokaralarni boshlamagan

Narzulla Saydullayev
8 fev 2021, 20:17
Bu haqda "The Athletic" xabar tarqatdi.

"Manchester Siti" klubi mutasaddilari jamoa hujumchisi Serxio Aguero bilan yangi shartnoma borasida muzokara o'tkazgani yo'q. 32 yoshli argentinalikning o'zi ham hanuzgacha faoliyatini qayerda davom ettirish to'g'risida yakuniy qarorga kelmagan, u avval "Man Siti" rahbarlarining fikrini bilmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Aguero "shaharliklar" tarkibiga 2011 yilda "Atletiko Madrid"dan kelib qo'shilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: The Athletic