"Manchester Siti" "Borussiya" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
11 avg 2022, 13:25
"Manchester Siti" Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi Rafael Gerreyruga qiziqish bildirmoqda.

Angliya klubi chap qanot himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi va 28 yoshli portugaliyalikni transfer bozoridagi variantlardan biri sifatida ko'rmoqda.

"Shaharliklar" shuningdek "Shtutgart" futbolchisi Borno Sosaga qiziqish bildirmoqda.

Gerreyru joriy mavsum "Borussiya" tarkibida 2ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi. Transfermarkt o'yinchini 25 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports