Manba: "Surxon"ning legioner futbolchisi Moskvada giyohvand modda bilan qo'lga tushdi

Administrator
7 iyun 2023, 20:27
Futbolchi tekshirilganda uning yonidan narkotik moddalar topilgan.

"Surxon" klubi legioneri Shamil Gasanov Moskva shahrida giyoxvand moddalar bilan qo'lga tushgan. Bu haqda "Mutko protiv" telegram kanali xabar berdi.

Manbaning xabar qilishicha, Gasanov 6 iyun kuni tunda yo'lning belgilanmagan qismidan kesib o'tayotgan payti policiya tomonidan to'xtatilgan. Gasanovning o'zini tutishi yo'l-patrul xizmati vakillarida shubha paydo qilgan. Futbolchi tekshirilganda uning yonidan noma'lum modda topilgan.

Ekspertizadan keyin bu 0,54 gramm  mefedron moddasi ekani ma'lum bo'lgan. Gasanovga esa jinoiy ish ochilgan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: https://t.me/offsider