Gasanov: "O'zbekistondagi maydonlar Rossiya maydonlaridan yaxshiroq"

Sherzod Nurmatov
2 may 2023, 18:32
"Surxon" himoyachisi Shamil Gasanov O'zbekistondagi sharoit va infratuzilma haqida gapirdi.

"Sharoitlar yaxshi. Stadionlar ham, maydonlar ham – shaxsan men sun'iy qoplamani ko'rmaganman. Menimcha, bu yerdagi maydonlar Rossiya maydonlaridan ham yaxshiroq. Mart-aprel oylarida Rossiyadagi deyarli barcha maydonlar ob-havo tufayli yaxshi holatda emas, lekin bu yerda allaqachon 30 daraja issiq. Aytiganimdek, stadionlar ham yomon emas. 

Faoliyatimda ko'p narsalarni ko'rganman. Mashg'ulot maydonlari, ovqatlanish, tiklanish – barchasi munosib darajada", – dedi Gasanov.

Himoyachi 2023 yilning yanvarida "Surxon"ga kelib qo'shilgan edi.  

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Metaratings