Lukaku MYUdan ketishiga shama qildi

Mirjalol Normatov
12 iyun 2019, 22:13
"Manchester Yunayted" forvardi Romelu Lukakuning aytishiga ko'ra, uning eng yoqtirgan murabbiyi Antonio Konte ekan.

"A Seriya menga doimo yoqib kelgan. Yaqinlarim meni bilishadi, har doim A Seriya va APLda o'ynashni istab kelganman. Italiyani sevaman.

Ronaldu "Yuventus"ga o'tib, Italiya chempionatini portlatdi. Konte esa "Inter" boshqaruvini o'z qo'liga oldi, bu juda yaxshi. Chunki u men uchun dunyoning eng yaxshi murabbiyi. Sarri yaqin vaqtlarda "Yuventus"da ish boshlaydi. Karlo Anchelotti "Napoli"ni boshqarmoqda. A Seriyaning navbatdagi mavsumi ajoyib o'tadi", - dedi belgiyalik.

Oldinroq Romelu Lukaku A Seriya vakili, Antonio Konte boshqaradigan "Inter"ga o'tishi borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail