Lukaku: "MYUda chuqurlikka tushib qolgandim"

Mirjalol Normatov
5 sen 2021, 16:58
Hujumchi Romelu Lukaku "Inter"dan "Chelsi"ga o'tgani haqida gapirdi.

"Inter"dan faqatgina "Chelsi" sabab ketishim mumkin edi. Bolalarga "Real", "Barselona" va "Manchester Yunayted" yoqadi. "Chelsi" esa mening klubim. Barchamiz buning ahamiyatini bilib turibmiz.

"Chelsi"ga qaytishimni o'ylab ko'rishim uchun uchinchi taklif maqul keldi. Dastlab ular 100 million evro taklif qildi, keyin 105, ushbu summa 110 millionga ko'paydi. O'shanda ular meni istayotganini tushundim.

"Manchester Yunayted"da chuqurlikda edim. Shu boisdan "Inter"ning ortidan ish qila olmasdim. Mashg'ulotdan keyin xonaga Inzagi kirdi. Jamoaning atmosferasini buzishni istamasdim, chunki, hayolan Milandan kyetib bo'lgandim. O'shanda unga: "Iltimos, "Chelsi" bilan kelishinglar", deb aytdim", - dedi Lukaku.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal