Lui van Gal: "Yevropa ligasi bu muhim musobaqa"

11 dek 2015, 22:55
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van gal jamoasi bilan Yevropa ligasini yutishni istayotganligini aytib o'tdi.

"Manchester Yunayted" Yevropa ligasini yutishga qodir jamoa. Sportda g'alaba va mag'lubiyatlar uchrab turadi. Sen esa buni ham futbolchi, ham murabbiy sifatida qabul qila olishing kerak. Biz tinmasdan mehnat qilishimiz lozim. Shogirdlarim esa mashg'ulotlarda zo'r berib ishlashmoqda. Qo'limizdan kelgan barcha ishni qilyapmiz. Bizdan kutilayotgan natijalarni qo'lga kiritishimiz zarur. "Manchester Yunayted"dek klubdan doimo yuqori natijalarni kutishadi. Bu esa bizning muammoimiz", - deydi Lui van Gal.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mail