"Lokomotiv" Belek yig'inini g'alaba bilan yakunladi

Narzulla Saydullayev
5 fev 2018, 09:40
"Lokomotiv" Belekdagi yig'in doirasidagi so'nggi nazorat bellashuvini o'tkazdi.

"Temiryo'lchilar" jamoasiga bu gal Ukrainaning "Oleksandriya" jamoasi raqiblik qildi. Qiziqarli tarzda kechgan bellashuvda vakillarimiz 3:1 hisobida g'alabaga erishishdi. "Loko" tarkibida Sanjar Shoahmedov dubl qayd etdi. Shuningdek, Igor Yelich bir bor raqib darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi.

Endi "Lokomotiv" ertaga Toshkentga qaytib keladi. Futbolchilarga 2 kunlik qisqa tatil beriladi. So'ng 7 fevraldan jamoa o'z qarorgohida yig'ilib, OCHL-2018 1-tur o'yiniga uyda hozirlikni davom ettiradi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz