

"Qizillar" o'zining rasmiy saytida Kodi Gakpo xarid qilinganini va u klub futbolchisiga aylanganini e'lon qildi.
Ingliz klubi niderlandiyalik uchun PSVga 42 mln. evro to'laydi. Kelishuv 2028 yilgacha belgilangan. Gakpo joriy mavsum Niderlandiya chempionatida 9ta gol urishga muvaffaq bo'lgan edi.




