Liga 1. Mbappe "oy futbolchisi" yo'nalishida ikkinchi. Qaysi futbolchi eng yaxshi bo'ldi?

Aziz Tukhtamuradov
22 yanv 2022, 08:32
"Monpele" yarim himoyachisi Teji Savane dekabr oyida Fransiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

So'rovnoma yakuniga ko'ra, 30 yoshli futbolchi 38 foiz ovoz to'pladi. 

Savane o'tgan oy 4 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi. 

Ikkinchi o'rinni PSJ futbolchisi Kilian Mbappe (36 foiz) egallagan bo'lsa, uchinchi o'rindan "Nant" hujumchisi Randal Kolo-Muani (26 foiz) joy oldi. 

Ma'lumot uchun, ushbu so'rovnoma Fransiya professional futbolchilar ittifoqi (UNFP) tomonidan o'tkaziladi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Unfp.org