Levandovski 15 aprelda mashg'ulotga qaytadi va "Real"ga qarshi o'ynashi mumkin

Aslanov Jasurbek
13 apr 2017, 14:47
"Bavariya"dagilar hujumchi Robert Levandovskining "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvida maydonga tushishiga umid qilishmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, polshalik futbolchi ikki kun individual programma bo'yicha ishlaydi va umumiy guruhga qo'shiladi. Nemis grandidagilarning fikricha, bu Levandovskining ispan grandi bilan javob uchrashuvida ishtirok etishi uchun etarli bo'lishi kerak.

Levandovski Germaniya chempionatining 28-turidan o'rin olgan Dortmundning "Borussiya" klubiga qarshi bahsda (4:1) elkasidan jarohat olgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport1