Leonid Sluckiy Angliyani musobaqa favoriti sifatida ko'rmoqda

4 iyun 2016, 07:02
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Leonid Sluckiy Angliya terma jamoasining imkoniyatlarini yuqori baholamoqda.


"Angliya Evro-2016 g'olibligiga asosiy da'vogarlar qatorida. Ularda hujum chizig'idagi tanlov juda katta va kuchli ijrochilar yig'ilgan. Agarda senda zaxiradan Lallana, Starrij kabi futbolchilar maydonga tushayotgan bo'lsa, unda bu yuqori darajadan darak beradi.
Angliyada himoya va hujum o'rtasida juda qiyin taktik tizim yaratilgan. Lekin hozir meni ko'proq o'zimizning jismoniy holat o'ylantirmoqda", - deydi Sluckiy.

O'xshash yangiliklar


Manba: МАТЧ ТВ канали