Lam: "Finalga chiqish uchun "Bavariya" va "Atletiko"da imkoniyatlar teng deb o'ylayman"
Aslanov Jasurbek
27 apr 2016, 12:06
"Bavariya" himoyachisi Filipp Lam o'z jamoasining Chempionlar ligasi finaliga chiqish imkoniyatlariga baho berdi.
"Finalga chiqish uchun "Bavariya" va "Atletiko"da imkoniyatlar teng deb o'ylayman. Hammasi jamoalarning ikki uchrashuvdagi holatiga bog'liq. Ayni damda yetakchilar yo'q va finalchi ikkinchi bahsda aniq bo'ladi" - deydi Lam.