"Lacio" Rakitichga 3 yillik shartnoma taklif qiladi

12 may 2020, 23:46
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich faoliyatini Rimda davom ettirishi mumkin.

Diario Sport xabariga ko'ra, "Lacio" mutasaddilari xorvatiyalik futbolchining agenti bilan bog'lanishgan. Italyan klubi yarim himoyachiga 3 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. "Barselona" Rakitichni 20 million evro evaziga qo'yib yuborishga qarshi emas.

Oldinroq futbolchining o'zi "Sevilya"ga  qaytishni xohlayotgani ma'lum qilingandi.

Rakitich kelajagi borasida qaror qabul qildi

O'xshash yangiliklar


Manba: Diario Sport