La Liga. “Real” Zidan qo'l ostida ilk mag'lubiyatni qarshi oldi

4 apr 2019, 02:41
Ispaniya chempionatining 30-turida “Real” safarda “Valensiya” mehmoni bo'ldi.

“Mestalya” stadionida kechgan bellashuvda maydon egalari 2:1 hisobida zafar quchishdi.

Uchrashuvning 35-daqiqasida Gonsalu Guedesh yaqin burchakni aniq nishonga olib hisobni ochgan bo'lsa, 83-daqiqada Esekel Garay burchakdan uzatilgan to'pni boshi bilan Navas qo'riqlayotgan darvoza to'riga yo'lladi -2:0. O'yinning hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarining so'nggi soniyalarida Karim Benzema oradagi farqni qisqartirdi -2:1.

Ushbu g'alabadan keyin “Valensiya” 46 ochko bilan turnir jadvalining 5-pog'onasiga ko'tarildi. “Real” esa 57 ochko bilan 3-pog'onada bormoqda. Turnir jadvalida esa ayni paytda “Barselona” peshqadamlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia