Mbappe jazodan qutilib qoldi! Hakam "Madrid" yulduzining "qilig'i"ni payqamay qolgan

Aslanov Jasurbek
11 fev 2026, 19:25
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe "Valensiya"ga (2:0) qarshi kechgan bahsdagi qo'polligi uchun diskvalifikaciya qilinmaydigan bo'ldi.

Bu haqda "L’Equipe" nashri xabar bermoqda.

Voqea qanday sodir bo'lgan edi? Birinchi bo'lim yakunida bosh hakam Mbappening ofsaydda qolganini qayd etadi. Kilian zaxira hakami David Kambronero Gonsalesdan vaziyatga izoh berishni so'raydi. Referi buni tribuna osti yo'lagida tushuntirishini aytadi, biroq ikkinchi bo'lim oldidan fransiyalik yulduzning takroriy so'rovini e'tiborsiz qoldiradi. Bundan g'azablangan Mbappe hakamni "masxaraboz" deb ataydi.

Nega jazo berilmaydi?

Mazkur haqoratli so'z uchrashuvdan keyingi rasmiy hakamlik qaydnomasiga kiritilmagan.

Intizomiy qo'mita hakamlar hisobotida qayd etilmagan vaziyat bo'yicha ish ochmaydigan bo'ldi.

"Qirollik klubi" rahbariyati esa futbolchining bu harakatini emociyalar bilan bog'lab, uni tushunishini bildirgan.

Shunday qilib, Mbappe keyingi o'yinlarda "qaymoqranglilar"ga yordam berishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe