KXDR terma jamoasi 9 noyabr kuni Toshkentga yetib keladi

Narzulla Saydullayev
29 okt 2015, 13:12
KXDR terma jamoasi Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi 6-turi doirasidagi O'zbekistongan qarsh o'yinni o'tkazish uchun 9 noyabrda yetib keladi.

KXDR terma jamoasi Toshkentga charter reys bilan uchib, mahalliy vaqt bilan 15:00da O'zbekiston poytaxtiga yetib keladi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – KXDR o'yini 12 noyabr kuni, “Paxtakor” stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv 18:00da start oladi.

O'yinni Alirizo Fag'oni boshchiligidagi eronlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

6-tur oldidan KXDR terma jamoasi “H” guruhida 13 ochko bilan birirchi o'rinni egallab turibdi. O'zbekiston esa raqiblarga nisbatan bir o'yin kam o'tkazgan bo'lib, 9 ochko bilan ikkinchi o'rinda boryapti.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com