O'zbekiston U-20 ayollar terma jamoasi Osiyo Kubogida KXDRga yirik hisobda mag'lub bo'ldi

Оқил Абдубарноев
5 apr 2026, 20:10
Tailand mezbonlik qilayotgan 20 yoshgacha bo'lgan ayollar o'rtasidagi Osiyo Kubogi 2-turi doirasida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Shimoliy Koreya vakilalariga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvda o'zbekistonlik qizlar raqibga 0:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Murabbiylar shtabi ushbu qiyin o'yinda quyidagi futbolchilarni maydonga tushirdi:

Asosiy tarkib: 1. Sevinova, 2. Daxova, 4. Shavkatova, 7. Turg'unova, 8. Shodieva, 9. Baxtiyorova, 11. Egamberdieva, 15. Rahmatullaeva, 17. Olimjonova, 18. Dekanbaeva, 22. Usarova.

Zaxira futbolchilari: Eshtemirova, Gamadeeva, Yigitalieva, Aminjonova, Yoqubjonova, Xayrullaeva, Sayfiddinova, Tolibova, Mamatqulova, Norboeva, Nurmuhammadova, Bozorboeva.

photo_2026-04-05_19-01-14.jpgphoto_2026-04-05_19-01-17.jpgphoto_2026-04-05_19-01-18.jpg

"B" guruhida 2-tur bahslari ortda qoldi. Turnir jadvaliga ko'ra, guruhdagi holat quyidagicha ko'rinish olgan:

Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya terma jamoalari dastlabki ikki turda yuz foizlik natija qayd etib, 6 ochkodan jamg'argan holda pley-off yo'llanmasini naqd qilib bo'lishdi. Shimoliy Koreya vakilalari to'plar nisbatidagi ulkan farq evaziga (+14) 1-o'rinni egallab turibdi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi esa hozircha ochko ishlab olgani yo'q. Vakilalarimiz ikkita o'yinda imkoniyatni boy berib, 0:8 to'plar nisbati bilan 3-o'rinda bormoqda. Guruhning so'nggi pog'onasidagi Iordaniya hisobida ham 0 ochko mavjud, ammo ularning to'plar farqi biroz yomonroq – 1:10.

Jadvaldan ko'rinib turibdiki, qizlarimizda keyingi bosqichga yo'l olish uchun hali ham nazariy imkoniyat saqlanib qolgan. So'nggi turda vakilalarimiz aynan Iordaniyaga qarshi hal qiluvchi bahsda maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ЎФА