“KPR” Skott Parkerni sotib olmoqda

4 iyul 2013, 10:52
“Tottenxem” klubi yarim himoyachisi Skott Parkerga “Kuinz Park Reynjers” klubi qiziqmoqda.

Klub bosh murabbiyi Xarri Rednap futbolchini o'z klubi safida kurishni istayapdi. Murabbiyning fikricha 32-yoshli Parker kelasi mavsumdan so'ng, klubni premer-ligaga olib chiqishga katta yordam berishi mumkin.

“KPR” futbolchining transferi uchun 2 million funt berishga tayyor.

Ta'kidlab o'tish kerakki, Parkerga “KPR”dan tashqari “Sanderlend” klubi ham qiziqmoqda, biroq futbolchining o'zi Londonda qolish istagida.


Manba: sports.ru